
– "Inter" ruhiy o'raga tushib qoldi, – deydi Maccarri Sly Sport Italia nashriga. – Futbolchilar jamoadagi pasayish haqida ko'p o'ylashmoqda. Bu esa ularga maydonda erkin o'ynashlariga halal bermoqda. Bu xatolarga olib kelmoqda. Masalan, "Jenoa"ga qarshi o'yinda bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik va mag'lub bo'ldik.