Valentin Kovalenko OCHL 3-saralash bosqichidan o'rin olgan "Shandun Lunen" - "Xanoy T&T" uchrashuvni boshqaradi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 10:30
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro uchrashuvlarni boshqarish uchun tayinlov olishayotgani haqida xabaringiz bor.

 Hamyurtimiz Valentin Kovalenko 19 fevral kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Xitoyning "Shandun Lunen" va Vetnamning "Xanoy T&T" jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Temur Gaynullinlar yordam berishadi.

Eslatib o'tamiz, shu kuni Toshkentning "Paxtakor" va Olmaliqning "AGMK" jamoalari ham 3-saralash bosqichidan o'rin olgan o'yinlarni o'tkazishadi. "Paxtakor" BAAning "Al-Nasr" jamoasiga qarshi, "AGMK" esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoalariga qarshi kuch sinashishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz