Vadim Abramov: "O'yin 0:2 hisobida bizning mag'lubiyat bilan boshlangandek taasurot uyg'otdi"

Administrator
29 iyun 2024, 00:40
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Gollarga va xatolarga boy uchrashuvga guvoh bo'ldik. O'yin xuddi bizning 0:2 hisobidagi mag'lubiyatimiz bilan boshlangandek taasurot qoldirdi. Raqibning ikkinchi golidan so'ng yigitlar o'zlariga kelib olishdi. Tanaffusda yigitlarga shu haqida tushuntirdim. Mag'lubiyatdan chiqib ketishga intildik, hisobni tenglashtirdik ham. Biroq davomida yana 2 ta to'p o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldik.

- Muxlislar jamoa darvozaboni Ravshan Yagudin ko'rsatgan o'yindan norozi ekanini bildirishdi. Buni qanday izoxlagan bo'lardingiz?

- Albatta, siz bitta o'yinda 4 ta gol o'tkazib yuborsangiz, sizdan hech kim rozi bo'lmaydi. Etirozlar bo'lishi tabiiy hol. Chindan ham 4-golda darvozabonning yaqqol xatosi ko'rindi.

- Birinchi bo'limda raqibning 2 ta goli rejalaringizga qanday ta’sir ko'rsatdi?

- O'yinni 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlash rejasi hech kimda bo'lmaydi. Mezbonlar bizning futbolchilar o'yinga moslashib olgunicha 2 ta gol urishdi. Bu haqida yuqorida ham aytib o'tdim. Birinchi davra tugadi, oldindagi fursat davomida natijalar, xato va kamchiliklarni tahlil qilib olamiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia