Vadim Abramov: "O'runov Shomurodov bosib o'tgan yo'lni takrorlashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021, 21:56
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Oston O'runovning "Ufa"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Hozirda O'runov o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayapti. Oston hali yosh va uning uchun hali hammasini oldinda.

U Eldor Shomurodov bosib o'tgan yo'lni takrorlashi mumkin, ammo buning uchun u "Ufa"da o'zini  ko'rsata olishi va "Spartak" unga noto'g'ri baho berganini isbotlashi kerak", - dedi Abramov.

Eslatib o'tamiz, O'runov ushbu mavsumni ijara asosida "Ufa"da o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВсеПроСпорт