Vadim Abramov: Bunday bo'lishini sira kutmagandim

Narzulla Saydullayev
14 dek 2013, 08:24
FK Astanada juda qisqa muddat faoliyat olib borgan Vadim Abramov buni umuman kutmaganini aytib o'tdi.
Sports.kz sayti xodimi murabbiydan kichik intervyu oldi.

- Vadim Karlenovich, bu qanday sodir bo'ldi?
- Qanday? Mana shunday sodir bo'ldi.

- Hozir nimalarni his qilayapsiz?
- Jiddiy ishlash uchun kelgandim, bu yerda esa mana bunday vaziyat . Qanday hissiyotlar bo'lishi mumkin?!

- Alam qilayaptimi?
- Alam qilsa qilmasa... Bu hayot.

- Siz bilan shartnoma imzolanmasligini kutganmidingiz?
- Yo'q, bunday bo'lishini umuman kutmagandim.

- Murabbiylik faoliyatingizda bunday holat birinchi marta sodir bo'ldimi?
- Ha, albatta. Bunday holat birinchi bor men bilan sodir bo'ldi. O'ylashimcha, ko'p murabbiylar bunday holatga tushishmagan.

- Endi nima qilasiz?
- Islom To'xtaxo'jaev bilan birga O'zbekistonga qaytamiz. Balki o'sha yerda ishlarman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz