UzPFL. Oyning barcha sovrini ham Nasaf a'zolariga nasib etdi

Khoja
11 sen 2024
O'zbekiston chempionatida avgust oyi laureatlari aniqlandi va barcha sovrinlar turnir peshqadami Nasaf a'zolariga nasib etdi.

Ajdarlar bilan 4 o'yinning barchasida g'alaba qozongan Ro'ziqul Berdiev eng yaxshi murabbiy, 4 o'yinda ham to'p o'tkazmagan darvozabon Abduvohid Ne'matov eng yaxshi futbolchi deb topildi. 

Avvalroq Qarshi klubi vingeri Oybek Bozorov oyning eng chiroyli goli muallifi sifatida etirof etilgandi. 


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl