Umtiti muzokaralar chog'ida yig'lab yuborgani aytilmoqda

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021, 20:26
"Barselona" markaziy himoyachisi Samuel Umtiti avgust o'rtalarida Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashgan.

27 yoshli futbolchi jamoadan ketishni istamagan va bu masalani prezident Joan Laporta, vice-prezident Rafa Yusten va direktor Mateu Alemani bilan muhokama qilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, fransiyalik sport formasi bilan bog'liq yomon holat ortda qolganini, tizzasidani jarohat tez tuzalmaganining bosh sababchilari "ko'k-anorranglilar" shifokorlari ekanini tushuntirgan.

Yakunda Laporta Umtitiga yana bir marta imkon berilishini ma'lum qilgan va bu borada "Barsa" bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan gaplashishga vada bergan. O'yinchining o'zi esa hissiyotini yashirib o'tirmagan va yig'lab yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo