Ulug'bek Baqoev: "Bir gal yutish, bir gal yutqazish bu futboldagi tabiiy holat"

Narzulla Saydullayev
26 okt 2017, 21:54
"Navbahor" - “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

- Oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Albatta bu uchrashuvda g'alaba qozongan taqdirimizda  ham oson bo'ldi deya olmasdim. Bugungi bahsda omad raqib jamoaga kulib boqdi. Ularni  tabriklayman. Yigitlarimiz yomon o'ynashmadi shunchaki qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Yigitlarimizga rahmat aytaman. Barchasi astoydil harakat qildi. Bir gal yutish,  bir gal yutqazish  bu futboldagi tabiiy holat.  Shuning uchun jamoamizni ruhan qo'llab-quvvatlagan holda keyingi turga tayyorgarlikni  boshlaymiz", – deydi Baqoev.

"Buxoro" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia