UFF prezidenti: "Kelasi mavsum VAR tizimidan foydalanishimiz mumkin"

Aslanov Jasurbek
25 sen 2018, 12:55
Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko mamlakat milliy chempionatida videoassistent tizimi (VAR) qo'llanilishi mumkinligini aytdi.

"Tizimni sinovdan o'tkazishimiz, Premer-ligada qo'llab ko'rishimiz va hakamlar testdan o'tkazishiga imkon berishimiz kerak. Polshadagidek tizimni tanladik. U yerda ko'chma tizim bor, u stadionga keladi, translyatsiyaga ulanadi. Avtobusda VAR ishini taminlaydigan hakam va mutaxassislar brigadasi ishlaydi.

FIFA va polshalik hamkasblarimiz bilan birgalikda muzokara o'tkazib, uskunani sotib olamiz. Mart oyida tizim foydalanishga tayyor bo'lishi mumkin. Ukraina Premer-ligasi barcha huquqlarni qo'lga kiritganidan so'ng tizimdan foydalana olamiz. Bu kelasi mavsumda sodir bo'lishi mumkin" - deydi Pavelko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Футбол 1 (Ukr)