UFF prezidenti: "Kelishilgan o'yinlar - futbolimizning davolab bo'lmas dardi"

Aslanov Jasurbek
27 mar 2017, 16:41
Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko Ukraina futbolidagi kelishilgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Kelishilgan o'yinlar - bu Ukraina futbolining davolab bo'lmas dardi. Bu muammoga birinchi bo'lib Perluiji Kollina e'tibor qaratgan.

Tartib intizom qo'mitasining ishiga ham baho berish kerak. Ha, sudgacha etkazilgan natijalar kam, biz esa maksimal jazolarni istaymiz. Mamlakatimizga shov-shuvli tekshiruvlar kerak" - deydi Pavelko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Футбол 1