UFF prezidenti: "Agar "Atletiko"ga qarshi bahsda "Real" darvozasini Lunin qo'riqlaganida, bahs boshqacha yakunlanar edi"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 09:00
Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti (UFF) Andrey Pavelko "Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi UEFA Superkubogi bahsida (2:4) darvozabon Andrey Lunin ishtirok etmagani haqida fikr bildirdi.

"Estoniyadagi UEFA Superkubogi bahsi "Real" uchun omadsiz yakunlandi. Agar "qaymoqranglilar" darvozasini Ukraina yoshlari posboni Andrey Lunin qo'riqlaganida, natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.

Luninda o'zining ko'rsatish uchun hali imkoniyatlar bo'ladi deb o'ylayman" - deb yozdi Pavelko o'zining "Feysbuk"dagi sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: facebook.com/andriy.pavelko