"Ufa" Oston O'runovning tanishtiruv marosimini bekor qildi

Alisher
13 mar 2020, 12:14
"Ufa" jamoadagi yangi o'yinchilarning tanishtiruv marosimini koronavirus tufayli bekor qildi.

Bu haqda Boshqirdiston klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari xabar bermoqda.

Oston O'runov va Gamid Agalarovning taqdimot marosimi 19-mart kuni savdo markazlaridan birida bo'lib o'tishi kerak edi va unda futbolchilar muxlislar bilan selfi tushishlari va dastxat qo'yib berishlari kutilayotgan edi. Ammo, tadbir koronavirus tufayli bekor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ufafc