UEFA Evro-2016 uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
23 mar 2016, 14:47
UEFA matbuot-xizmatining xabar qilishicha, Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionati uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazish rejalashtirilmayapti.

"Yevropa chempionatini yopiq eshiklar ortida o'tkazish niyatimiz yo'q" - deyiladi UEFA bayonotida.

Bryussel shahrida 22 mart kuni aeroport va metroda bir nechta portlashlar bo'ldi. Terroristlar hujumi oqibatida 34 kishi halok bo'ldi va 200 dan ortig'i jarohatlandi. Qonunni himoya qilish organlarining ma'lumotlariga ko'ra, shaharga hujum davom etish xavfi bor. Bundan so'ng, UEFA vice-prezidenti Jankarlo Abete qita birichiligi muxlislarsiz o'tkazilishi mumkinligi haqida aytgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com