Uch klub Beleringa qiziqmoqda

Alisher
18 yanv 2021, 18:00
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Yuventus", PSJ va "Barselona" klublari qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Bu 3 klub mavsum yakunlanganidan so'ng 25 yoshli o'ng qanot fulbeki uchun kurashga kirishishga tayyorlar.

Belerin joriy mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.

Ispaniyalik o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato