U-20 JCH. Qatar yana mag'lubiyatga uchradi

Eldor Akmurzayev
28 may 2019, 01:30
Polshada davom etayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida Qatar termasi Ukrainaga qarshi to'qnash kelib, minimal hisobda (0:1) taslim bo'ldi.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin ukrainaliklar keyingi bosqich masalasinin muddutidan oldin hal etishdi. D kvartetidagi ikkinchi bahsda esa AQSH vakillari Nigeriya ustidan zafar (2:0) quchdi. 

C guruhida esa Yangi Zelandiya termasi Norvegiyani, urugvayliklar Gondurasni 2:0 hisoblari bilan mag'lub etishdi va guruhda qo'shhokimlikni o'rnatishdi. Ushbu ikki jamoa ham pley-offga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia