

21 fevral kuni Xorvatiya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan O'zbekiston yoshlari Alijonovning goli evaziga g'alaba qozonayotgan edilar, ammo ikkinchi bo'lim tugashiga yaqin yevropaliklar hisobni tenglashtirdilar.
Guruhdagi ikkinchi o'yinda Xitoy filippinliklarni 4:0 hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
Kecha esa turnirning ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Filippin qaqshatqich zarbaga uchradi, Filippin - Xorvatiya 0:9.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa mezbonlarni 3:1 hisobida mag'lubiyaga uchratdi.
Ertaga turnirning so'nggi tur uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston - Filippin va Xitoy - Xorvatiya yoshlar terma jamoalari kuch sinashadilar.



