U-17 jahon chempionati. Yaponiya va Avstraliya musobaqani tark etdi

Xayrulla Xoliqov
7 noya 2019, 12:01
Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1/8 final bahslari davom etmoqda.

Kecha Janubiy Koreya U-17 terma jamoasi Angolani engib chorak finalga chiqqani haqida xabar bergandik. Bugun bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Osiyoning ikki vakili Avstraliya va Yaponiya musobaqa bilan xayrlashdi. 

Avstraliya o'smirlar terma jamoasi Fransiyadan 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Yaponiya esa Meksika bilan o'yinda 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Shunday qilib kichik mundialda OFK nomidan faqat Janubiy Koreya qoldi. 

1/8 finalda qayd etilgan natijalar: 

Angola - Janubiy Koreya 0:1

Yaponiya - Meksika 0:2 

Nigeriya - Gollandiya 1:3

Ispaniya - Senegal 2:1

Fransiya - Avstraliya 4:0

Braziliya - Chili 3:2

Paragvay - Argentina (8 noyabr)

Ekvador - Italiya (8 noyabr)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia