Tyago Motta - PSJ bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2023
Sobiq futbolchi Tyago Motta PSJning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Bolonya" bosh murabbiyi ayni paytda Kristof Galtening o'rnini egallashga asosiy nomzod hisoblanadi. 

Avvalroq Yulian Nagelsmann PSJda ishlamasligi oydinlashgandi. 

Motta 2018 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng PSJ yoshlar murabbiyi, shuningdek "Jenoa", "Speciya" va "Bolonya" jamoalarida ishladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia