Tuxelning Lukaku va yana bir qancha futbolchilar bilan munosabatlari yomonlashdi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022, 13:50
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasining kiyim almashtirish xonasida yoqimsiz holatlar ro'y bera boshladi.

"Marca" xabariga ko'ra, jamoaning bir qancha futbolchilari, shuningdek, Romelu Lukaku germaniyalik mutaxassisning faoliyatidan norozilik bildirgan.

Tuxelning o'yin davomida futbolchilarni ko'p xaqorat qilishi yoqmayapti. Shuningdek, ular doimiy ravishda tarkibda tajribalar o'tkazilayotganidan mamnun emas.

Eslatib o'tamiz, Tuxel 2021 yilning yanvaridan buyon "Chelsi"ni boshqarib kelmoqda. Ayni damda jamoa APLda 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal