

"Men Messi klubdan ketishi kerak deb aytmaganman. Menga masalaning moddiy tomonini inobatga olib, savol berishdi va iqtisodchi sifatida javobim qanday bo'lishi aniq edi.
Biroq men hech qachon Messi klubdan ketishi kerak, shuni istayman demaganman. O'sha paytda Messi ketish niyatida yurgandi. Agar Leo qolsa, buni "Barselona" uchun manfaatli shartlar asosida qilishi zarur.
Men hozirda "Barsa"da nimalar bo'layotganini bilmayman. Nega barcha ma'lumot tashqariga [OAVga] chiqib ketayotganidan bexabarman. Mana bu meni chindan tashvishga solmoqda", – dedi Tuskets.



