"Turon" futbolchisi terma jamoaga chaqiruv oldi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2022, 19:14
Joriy mavsum avvalida tojikistonlik yosh iqtidorli yarim himoyachi Sharifjon Rahmatov "Turon" safiga qo'shib olingandi.

Kuni kecha 19 yoshli futbolchi Tojikiston U-23 terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqiruv oldi.

Shu yilning 19-31 mart kunlari Tojikiston U-23 terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi. Mazkur yig'inda vodiyliklarning legioner futbolchisi Sharifjon Rahmatov ham ishtirok etadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Турон" ФК матбуот хизмати