Turkiya grandi Abbos Fayzullaevga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
28 mar 2025, 14:15
SSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Turkiya Superligasi vakili "Galatasaroy" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

21 yoshli futbolchi Moskva klubi va O'zbekiston terma jamoasining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Dekabrda u Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Yarim himoyachi joriy mavsum RPLda 19 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Yosh futbolchining shartnomasi 2026 yilning iyunida yakunlanadi. Transfermarkt portali Fayzullaevni 8 mln evroga baholamoqda.

Jarayondan xabardor bo'lgan manba ushbu ma'lumotni tasdiqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Markaj News