Turkiya. “Andijon” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Keyingi raqib esa “Tver” bo'ladi

Eldor Akmurzayev
22 fev 2022, 09:15
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Andijon” kecha Antaliyada Rossiyaning “Olimp” (Dolgoprudniy) jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini

“Olimp” (Dolgoprudniy) - Andijon 1:0 (0:0, 1:0)

“Antaliya Belek” stadioni

Bahsni asosiy tarkibda boshlaganlar: Xurshid Xo'jaev, Abduvohid G'ulomov, Axmad Anvarov, Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Goran Milochko, Azamat Isroilov, Farhod Sohibjonov, Bogdan Milich, Shahboz Erkinov;

Zaxira: Eldor Adxamov, Muxammadali Tursunov, Xojiakbar Mo'minov, Abduraxmon Komilov, Ibroxim Muxtorov, Axror Inoyatov, Mirjalol Mirzaev, Asilbek Aysarov, Izzatilla Abdulxakov.

“Burgutlar”ning bugungi raqibi esa FNL-2 birinchiligida 3-o'rinda borayotgan “Tver” bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Андижон" ФК матбуот хизмати