Tur muxlislari - "Bunyodkor"da

2 apr 2018, 09:01
Superliganing 4-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuviga 15421 nafar ishqibozlar tashrif buyurishdi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Bu ko'rsatkich 4-turning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi. Joriy mavsumda "Bunyodkor" o'z uyidagi o'yinlarda muxlis to'plash bo'yicha yakka peshqadamga aylanayotgani bejiz emas. Bu turda ham "Bunyodkor" stadioni muxlislar bilan to'ldi va natijada chiroyli muhit ostida jamoalar shiddatli futbol namoyish etishdi.

Shu tariqa Superliganing 4-turining eng faol muxlislari "Bunyodkor" ishqibozlar guruhi deya etirof etildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia