Tur futbolchisi - Arslonmurod Omonov

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018
"Buxoro"ning turkmanistonlik yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov Superligada 7-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'zining sobiq klubi AGMK bilan bahs Omonovning benefisiga aylanib ketdi desak mubolag'a bo'lmaydi. U jamoasi 1:2 hisobida mag'lub bo'layotganda katta sahnaga chiqdi. Dastlab aynan uning to'p uzatishidan so'ng Bahodir Nasimov hisobni tenglashtirdi. So'nggi 10 daqiqada esa Arslonmurod mehmonlar darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Uning jarimadan urgan goli ajoyib chiqdi.  

Shu boisdan Arslonmurod Omonov tur futbolchisi deya etirof etildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia