Tugadi. "Real" Mbappe uchun kurashdan chiqdi

Mirjalol Normatov
30 avg 2021, 23:06
Fransiya matbuoti Kilian Mbappening "Real"ga o'tmasligi haqida bong urmoqda.

PSJ "qirollik klubi"ning 170 millionlik taklifiga rad javobini bergan. Berilgan taklifda yana 10 million evrolik bonuslar ham bor edi. Ayni damda katta maqsadlarni ko'zlayotgan Parij klubi futbolchilarini qo'yib yubormasligini ma'lum qilgan.

Shu boisdan "Real" o'yindan chiqqan. Ertaga transferlar oynasining so'nggi kuni ekanligini inobatga olsak, buyog'iga Madrid klubi hech nimaga ulgurmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football