

Yangi kelishuv 2025 yilgacha mo'ljallangan.
"Shartnomamni uzaytirganimdan juda xursandman. Murabbiy, xo'jayinlar, muxlislar va jamoadoshlarimga katta rahmat aytmoqchiman. Bu erga ilk bor kelganimda o'zimni katta mehmondek his etganman. Klubga katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam bermoqchiman", – dedi Tripper.
32 yoshli himoyachi joriy mavsum "Nyukasl" safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Nyukasl" 39 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.



