Trent APLning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi

Alisher
14 avg 2020, 15:13
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold APLning 2019/20 yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh o'yinchi deb topildi.

Mukofot 23 yoshdan kichik bo'lgan futbolchilarga beriladi. Trent liga assistentlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi (birinchi o'rinda - Kevin de Bryuyne). Bundan tashqari "Liverpul" yakunlangan mavsumda 12ta quruq o'yin o'tkazdi.

21 yoshli angliyalik futbolchi ovoz berishda Jek Grilish ("Aston Villa"), Meyson Grinvud, Antoni Marsyal va Markus Reshford (barchasi - MYU), Din Xenderson ("Sheffild Yunayted"), Meyson Maunt va Kristian Pulishich ("Chelsi")dan ustun keldi.

Eng yaxshi yosh o'yinchini aniqlashda muxlislar, 20ta klub sardorlari va futbol ekspertlari ishtirok etishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com