Transfermarkt Turkiya Superligasi futbolchilarining narxlarini yangiladi. Aliqulov va Turg'unboev qancha bo'ldi?

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 17:26
Bugun Transfermarkt portali Turkiya Superligasida o'ynayotgan futbolchilarning transfer narxlari yangilanganini e'lon qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Rizespor" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulovning narxi 200 ming evroga oshdi va 1,7 million evroga etdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Sivasspor" klubi vakili Azizbek Turg'unboevning narxi esa o'zgarishsiz qoldi – 1 million evro.

Bu mavsum Aliqulov "Rizespor" safida 15 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol urdi. Turg'unboev hisobida esa "Sivasspor" safidagi 16 ta bahs va 3 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt