"Tottenxem" "Fiorentina" vingerini nishonga oldi

16 mar 2020, 23:29
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "Fiorentina" yarim himoyachisi Rikkardo Sottil Londonning "Tottenxem" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

"Shporlar" avvalroq o'z skautlarini Florensiyaga yuborib, 20 yoshli vinger haqida ma'lumot to'plab qo'ygan va bugungi kunda transfer borasidagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.

Oldinroq Sottilga "Yuventus" va "Milan" da'vogarlik qilishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragandi.

Ma'lumot uchun, italiyalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 12 bor maydonga tushgan, ammo hech qanday samarali harakatlarni amalga oshirmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato