

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi uelslik futbolchini ijaraga olmoqchi bo'lgan, ammo o'shanda kelishuv amalga oshmagan edi.
"Tottenxem" Beyl maoshining (12 mln. evro) bir qismini to'lamoqchi edi. Oldinroq, "Real" "shporlar"dan Kristian Eriksenni olish uchun hujumchini kelishuvga qo'shmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.
Ma'lum bo'lishicha, Beyl va "Real"ga qaytgan Zinedin Zidan o'rtasida munosabatlar yaxshi emas. Bu jihat forvardning jamoadan ketishiga sabab bo'lishi mumkin.



