"Tottenxem" "Barselona" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
4 noya 2019, 17:37
"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya qishki transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.

21 yoshli o'yinchiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqmoqda. Futbolchining o'zi ham "shporlar" safiga o'tishga qarshi emas.

Alenya ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda. Xabar qilinishicha, londonliklar Alenyani ijaraga olishmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 11ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mail on Sunday