"Barselona" Karles Alenyaning "Xetafe"ga transferini e'lon qildi

Alisher
10 iyul 2021, 14:33
Yarim himoyachi Karles Alenya "Barselona"dan "Xetafe"ga o'tdi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini qayta xarid qilish imkoniyatini o'zlarida olishdi. "Barselona" shuningdek o'yinchining keyingi har qanday sotuvidan 50%ini o'ziniki qiladi.

Alenya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan mavsumning birinchi qismini Kataloniya, ikkinchi qismini esa "Xetafe"da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com