"To'sin odam" super Niang: "Milan"da qolaman va Balotellidan ham kuchli bo'lmoqchiman”

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2013, 17:03
"Men Mariodan ham kuchli bo'lish uchun mehnat qilyapman. Men ko'p gol urishni xohlayman va bu yerda 100 foiz qolaman. "Yuve"? Biz kuchlimiz...
Oxirgi to'rt oydan beri muxlislar M'Baye Niangni "To'sin odam" deb eslashda davom etishmodqa. Bunga esa Chempionlar Ligasining "Nou Komp"dagi "Barselona"ga qarshi javob uchrashuvidagi vaziyat sababdir. "Bu to'sin - allaqachon o'tgan mavsum bir qismi bo'lib qoldi. Xozir men yangi mavsumga tayyorlanyapman", - deydi futbolchi

-M'Baye klubdan ketishingiz mumkinligi xaqida nima deysiz?
-Yo'q, yo'q men ketishni xohlamayman. Men "Milan"da 100 foiz qolishni xohlayman. Nafaqat keyingi mavsum, men uzoq muddatga qolmoqchiman.

- Raqobat kuchli ekanligini bilasiz, bundan qo'rqmaysizmi?
-Yo'q, chunki futbolda bu sizga foyda beradi sababi raqobat mehnat qilishga undaydi.

-Mario xaqida gaplashsak, siz u bilan yaxshi munosabatdamisiz?
-Men uni faqat o'zini o'ylaydigan futbolchi deb eshitdim, lekin men bunga rozi emasman. U ajoyib o'yinchi, uning yonida o'ynash osonroq, Men undan ham kuchli bo'lish uchun mehnat qilyapman.

-Tabriklaymiz. Allaqachon reja bor ekanda? Muvaffaqiyatlarga erishishing uchun yana qanday maqsadlaringiz bor?
-Ko'p o'ynab ko'p gol urmoqchiman. Qancha urish kerak bo'lsa shuncha gol urmoqchiman. O'tgan mavsumda men faqatgina bitta gol urdim, bu mavsumda esa ko'p gol urishni xohlayman. Meni o'ylashimcha men buni uddalay olaman, xuddi El-Shaaravidek.

-To'g'risini ayting "Milan"dan keyingi mavsumda nima kutsak bo'ladi?

-Biz "Yuve"dan kuchli bo'lmoqchimiz. Meni o'ylashimcha biz "Yuve"dan kuchlimiz, keling nima bo'lishini kuzatamiz.

fanasmilan.com saytidan Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia