
O'zbekiston ayyollar futboli, ayollar mini-futboli va sohil futboli assotsiatsiyasi Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Oliy Talim Muassasalari hamda xorij OTMlarining O'zbekistondagi filiallari talaba qizlaridan tuzilgan jamoalar o'rtasida futbol turniri tashkil qiladi.
Bugun O'FF majlislar zalida turnirning tashkiliy masalalari bo'yicha majlis bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa shu yilning 22-28 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
Musobaqaning guruh bosqichi o'yinlari O'zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi sun'iy qoplamali maydonda o'tkazilsa, final uchrashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” markaziy stadionida bo'ladi.
Turnirga qur'a tashlash marosimi 2015 yilning 4 iyun kuni soat 11:00da, “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida o'tkaziladi.