Top darajadagi tekin futbolchilar

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2016
Bugungi kunga kelib, dunyoga mashhur Ronaldinyo, Berbatov va Adebayor kabi futbolchilar jamoasiz yuribdi. Istalgan klub bu futbolchilarni mutlaqo tekinga o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Yozgi transferlar oynasi ochiq, tanlashga variantlar etarli. Balki ularning bazilarini O'zbekistonga chaqirarmiz?

E'tiboringizga hozirda erkin agent maqomiga ega yulduz futbolchilarning "Top-10"ligini taqdim etamiz.

Takidlash lozim, ular ichida Yuventus, Arsenal va Milandek jamoalarning sobiq futbolchilarini uchratish mumkin.

Tomash Rosicki va Evro-2016 o'zini ijobiy xislatlarini ko'rsata olgan Xel Robson-Kanu kabi futbolchilarga ish joyi topilishi aniq.

Erkin agentlar top o'ntaligi:
1. Raul Meyrelesh, yarim himoyachi (33 yosh)
2. Emanuel Adebayor, hujumchi (32 yosh)
3. Martin Kaseres, himoyachi (29 yosh)
4. Kevin-Prins Boateng, yarim himoyachi (29 yosh)
5. Xel Robson-Kanu, hujumchi (27 yosh)
6. Dani Osvaldo, hujumchi (29 yosh)
7. Ronaldinyo, yarim himoyachi (36 yosh)
8. Tomash Rosicki, yarim himoyachi (35 yosh)
9. Stefan Sessenon, yarim himoyachi (32 yosh)
10. Dimitar Berbatov, hujumchi (35 yosh)


Omonjon To'xtamirzaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia