Toni Kroos sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 12:57
"Real" xavbeki Toni Kroos yozda "Bavariya"ga qaytishi mumkin.

"Readfootball" xabariga ko'ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchi jamoadan ketishni istamoqda. Uning xizmatlariga sobiq jamoasi "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

2007-2014 yillar davomida "Bavariya" sharafini himoya qilgan Kroos 25 million evro evaziga "Real"ga o'tgandi. Uning jamoasiga qaytishi esa 80 million evroga tushishi mumkin.

Kroos bu mavsumda 43 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Readfootball