Tomas Tuxel: “Ertangi o'yinda Roysning o'rnini kim bosishini aytolmayman”

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 23:18
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Roysning o'rnini qanday qilib to'ldirishimiz haqida aytolmayman. Birinchidan bu haqda gapirmoqchi ham emasman. Ikkinchidan, uning o'rniga qanday tipdagi futbolchini tushirish haqida aniq qarorga kelganim yo'q.

Markoning maydonga tushmasligi shubhasiz, katta yo'qotish. U juda yaxshi “forma”da edi”, deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, “Borussiya” futbolchilari nimchorak finalning ilk uyinida safarda “Benfika”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти