

"Bugungi o'yindagi natijadan biroz qoniqdim deya olaman. Chunki avvalgi o'yinga qaraganda bugun yaxshi harakat qildik. Kamiga bir kishi kam bo'lib raqibga juda munosib tarzda qarshilik ko'rsatdi. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Qizil kartochkaga keladigan bo'lsak, menimcha bu qo'pollik chetlatishga loyiq emasdi. Ammo hakam futbolchining avvalgi qoida buzishlari uchun ham keskin chora ko'rdi. Bugun darvozabonimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatganini ham qlohida ta'kidlab o'tgan bo'lardim. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi liq to'lgan stadionda qarshilik qilish oson ish emas. Bugun garchi yutqazgan bo'lsakda, shogirdlarim munosib tarzda o'ynadi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini boshladi Tomas Duli.
- Bizning dastlabki o'yindagi rejamiz darvozamizdan to'p o'tkazib yubormaslik edi. Biroq o'sha uchrashuvda tezkor gol bizni qiyin ahvolga solib qo'ygandi va rejalarimizni barbod qilgandi. Bugun bahs debyutida o'yinni yaxshi boshladik. Agarda bugun qizil kartochka olmaganimizda balki o'yin natijasi boshqacha bo'larmidi. Bu jihat ham o'yinga o'z ta’sirini ko'rsatgani bor gap.Qizil kartochka olmaganimizda g'alaba uchun ham kurashgan bo'lardik. Shunga qaramay, bugun jamoamiz O'zbekistonga o'z o'yinini ko'rsatishiga yaxshigina qarshilik qildi va maqsadimizga erishdik. O'ylaymanki, Filippin jamoasining nimalarga qodir ekanligini bugun ko'rdinglar. Umid qilamanki, guruhda uchinchi o'rinni egallay olamiz va O'zbekiston bilan Osiyo kubogida ko'rishamiz deb niyat qilaman.

