Tokio-2020, 2-saralash bosqichi. O'zbekiston ayollar OTJ - Vetnam ayollar OTJ. Asosiy tarkibimiz ma'lum

Narzulla Saydullayev
3 apr 2019, 13:33
Bugun 3 aprel kuni poytaxtimiz Toshkentda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar boshlanadi.

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'yin soat 15:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi. Shuningdek, xuddi shu vaqtda guruhimizdan o'rin olgan yana bir o'yinda Gonkong terma jamoasi Iordaniya bilan kuch sinashadi. Bu o'yin Toshkent temir yo'llar muhandislik instituti stadionida bo'lib o'tadi.


Tokio-2020, 2-saralash bosqichi
"Lokomotiv" stadioni, 15:00
O'zbekiston ayollar OTJ - Vetnam ayollar OTJ
Hakamlar
- O Xyon Chjon, Park Mi Suk, Yang Sun Yong (uchalasi J.Koreya), Yon Sol Mi (KXDR)
Komissar - Melissa King (Avstraliya)
Inspektor - Shakuri Masumiyo (Eron)

O'zbekiston - Laylo Tilovova, Tanzilya Zarbieva, Maftuna Shoyimova, O'g'iloy Qo'chqorova, Soliha Husnitdinova, Mahliyo Sarikova, Rushaniya Safina, Saida Galimova, Umida Zoirova, Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia