Tojikiston TJ ustozi: “Rossiya darajasidagi terma jamoalar Osiyoda 4-5 tadan ko'p emas, boshqalarining esa ularga kuchi yetmaydi”

Eldor Akmurzayev
15 noya 2022, 09:15
Tojikiston terma jamoasi ustozi Petar Segrt Rossiya termasining OFKga a'zo bo'lishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

Mazkur termalar o'rtasida 17 noyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalari Rossiya TJni eng zo'r kuni bo'lgandagina mag'lub etishlarini aniq bilaman. Osiyoda bu darajadagi termalar soni 4-5 tadan ko'p emas, qolganlari esa bu kabi kuchli raqibga qarshi hech qanday imkoniyatga ega bo'lmaydi”, deydi Segrt.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Match TV