

Qo'shnilarimiz bugun musobaqaning yarim finalida Trinidad va Tobagoni mag'lub etishdi va finalga yo'llanma olishdi. E'tiborli tomoni, o'yindagi g'alaba keltirgan golga "Navbahor" sobiq futbolchisi Ehsoni Panshanbe mualliflik qildi. Uchrashuvda "Lokomotiv" futbolchisi Manuchexr Safarov, "Surxon" himoyachisi Zoir Jo'raboev to'liq harakat qildi. Tojikistonliklarning Tailand "Qiroli Kubogi"dagi finaldagi raqibi Tailand - Malayziya uchrashuvi g'olibi bo'ladi. Musobaqa finali 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Tailand "Qiroli kubogi". Yarim final.
TRINIDAD VA TABAGO - TOJIKISTON 1:2
Gollar: Juda Garsiya, 27 (1:0). Muxammadjon Rahimov, 47 (1:1). Exsoni Panshanbe, 75 (1:2).
Tojikiston: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Manuchexr Safarov, Tabrez Islomov, Zoir Jo'raboev, Axtam Nazarov (Komron Tursunov, 73), Amirbek Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov (Daler Imomnazarov, 84), Shervoni Mabatshoev (Siyovush Asrorov, 90+4), Nuriddin Hamrokulov (Ehsoni Panshanbe, 46), Shaxrom Samiev (Rustam Soirov, 73).




