

"Avvalo raqiblarni tabriklayman. Biz Osiyoning eng kuchli futzal jamoasiga qarshi o'ynadik. Bu juda katta maktab. Lekin tashkilotchilik borasida bitta etirozni aytmasak bo'lmaydi. Biz kecha kunning 2-o'yinida maydonga chiqqandik. U soat 19:00da yakunlandi. Bugun 14:00da yana o'ynayapmiz. Orada tiklanish uchun 19 soat berilyapti xolos. O'ylashimcha, bu etarli emas. Shuningdek, bizda liga yo'qligini ham inobatga olishingizni so'rardim. Jamoamizda futbol jamoalaridan kelgan qizlar o'ynashyapti. Bu ham o'yinga o'z ta’sirini ko'rsatadi", - deydi Mustafo Afshari.



