Tim Shervud: "Benfika" - top jamoa"

Tolibjon Qosimov
13 mar 2014, 11:49
Yevropa ligasi 1/8 finali doirasidagi "Tottenxem" - "Benfika" uchrashuvidan o'yindan oldin London klubi ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Tottenxem" shanba kuni "Chelsi"ga yirik hisobda (0:4) mag'lub bo'lgach jamoa o'z muxlislari oldida aybini yuvishi kerak.

"Raqib juda kuchli ekanini tushunamiz, ammo bunga tayyormiz. "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan juda achchiqlandik, ammo bu futbol, bundan tezroq o'zimizga kelishimiz kerak, - deydi Shervud UEFA rasmiy saytiga.

"Benfika" Yevropa futbolining grandlaridan biri. Qiyin bo'ladi. Bu jamoa YCHL guruh bosqichida 10 ochko oldi, ammo uchinchi bo'ldi. Ular top jamoa".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net