Tezkor xabar! JCHda 1-tur yakunlanmasdan ilk iste'fo sodir bo'ldi

15 iyun 2026, 16:33
Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi Sabri Lyamushi Jahon chempionatining 1-turidan so'ng iste'foga chiqarildi.

Afrika jamoasining birinchi turdagi 1:5 hisobidagi mag'lubiyati rahbariyatning shunday keskin chora ko'rishga sabab bo'lgan. Bu haqda Romen Molina (Romain Molina) xabar bermoqda.

Hozircha jamoani keyingi turlarga kim tayyorlashi haqida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o'tamiz, Sabri Lyamushi Tunis terma jamoasi murabbiyi sifatida shu yilning yanvar oyidan beri ishlab kelayotgandi.

gettyimages-2281621036-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: @sportsrufootball