Ter Shtegen: "Yuventus"ga qarshi birinchi o'yinda 4 ta gol o'tkazamiz deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2017, 14:47
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning fikricha, jamoa "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvida ko'p gol o'tkazmaydi.

"Yuventus"ga qarshi birinchi o'yinda 4 ta gol o'tkazamiz deb o'ylamayman. Buni istamayman va nima qilish kerakligini bilamiz. Avvaliga Ispaniya chempionatida "Malaga"ni mag'lub etish lozim. "Yuventus"ga qarshi bahs oldidan yaxshi holatda bo'lish uchun g'alabaga erishish kerak" - deydi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport