

O'yinda hakamlar kataloniyaliklar tomonidan kiritilgan “toza” golni inobatga olishmagandi.
“Men hakamlar haqida gapirishni istamayman. Ular ham bizga o'xshagan insonlar. Fakt shuki, o'yin durang bilan yakunlandi. Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi. “Betis” yuqori saviyada o'ynay olishini ko'rsatdi, chuqur pressing orqali bizni “yopib” qo'yishga urindi. Biz himoyada yaxshi o'ynay oldik. Umuman yomon o'yin ko'rsatmadik. Qayerda, nima yetishmaganini ko'rib chiqamiz. Bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo durang “Betis” futbolchilarining mehnati samarasi bo'ldi, o'ylayman”, deydi germaniyalik posbon.



