

"Daily Mail" xabariga ko'ra, murabbiy ayni damda bor e'tiborini "Ayaks"ga qaratgan. Ammo MYU rahbariyati vakillari Jon Merto hamda Darren Fletcher bilan doimiy aloqada.
52 yoshli mutaxassis yozda shartnomasi yakunlanadigan Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata va Edinson Kavani bilan shartnomaning uzaytirilmasligini ma'lum qilgan.
U yozda jamoaga 4-5 nafar futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Oldinroq ma'lum qilinganidek, klub yozda transferlar uchun 100-150 million evro atrofida mablag' ajratadi.



