

"Qizil iblislar" ustozi "Manchester Siti"ga qarshi keadigan bahsdan avval o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar bugun g'alaba qozonsak umuman boshqa vaziyatda bo'lamiz - navbatdagi sovrinni yutib, kelasi mavsum evrokubokda ishtirok etamiz.
Ikki mavsumda uchta final - juda yaxshi natija deb hisoblayman. Chunki bu ergatkelganimda klub yomon holatda edi, juda yomon.
Jarohatlar tufayli mavsumni yaxshi deya olmayman, shunday bo'lsada biz yaxshi tomonga o'zgara oldik. Vaziyatni o'nglash kerak va yozda shunga intilamiz" - dedi murabbiy.
MYU o'tgan mavsum ten Xag bilan Angliya liga Kubogi g'olibiga aylandi va Angliya Kubogi finaligacha yetib bordi.


