Tarasov Vitaliy Denisovdan intervyu oldi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2016, 13:14
Moskvaning "Lokomotiv" yarim himoyachisi Dmitriy Tarasov jurnalist bo'lib jamoadoshi va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovdan "Loryan"ga qarshi kechgan uchrashuv (1:1) borasida intervyu oldi.

Tarasov: Yutishni istagandik, ammo uchrashuv oxirida keraksiz gol o'tkazib yubordik. Sen o'yinni ko'rdingmi?

Denisov: Ha.

Tarasov: Nima deysan?

Denisov: Qarshi hujumlarda yaxshi o'ynaldi va vaziyatlar yaratildi. Ikkinchi golni urishingiz mumkin edi

Tarasov: O'z ustimizda ishlashimiz kerakmi?

Denisov: Ha, e'tiborsizlik qildik.

Tarasov: Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo unumdorlik kam. Chempionat boshlangunga qadar buning ustida ishlaymiz.

Denisov: Hali vaqt bor.

Tarasov: Chap tarafimda turgan futbolchi tez orada maydonga qaytib, bizga yordam beradi degan umiddaman. Senga sog'liq tilayman. Hammamiz seni kutyapmiz.

Denisov: Rahmat!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia